Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumatidagi o‘zgarishlar. Toshkent konferensiyasida kim qatnashadi?

AQSh hukumatidagi o‘zgarishlar. Toshkent konferensiyasida kim qatnashadi?

Foto: «UzDaily.uz»

Rossiyaning «TASS» axborot agentligi mart oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga savol yo‘lladi.

«AQSh davlat departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlar munosabati bilan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan AQSh delegatsiyasi tarkibida o‘zgarishlar yuz berdimi?»

TIVdan javob: AQShning Toshkentdagi elchixonasi rasman ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Toshkent forumida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi, Elchi Hiroshi Takahashi boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiya joriy yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring