Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida «og‘u» saqlab kelayotgan xonadonlar aniqlandi

Toshkent viloyatida «og‘u» saqlab kelayotgan xonadonlar aniqlandi

Foto: «Astrakhanfm.ru»

Toshkent viloyati IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Olmaliq shahrida yashovchi 1976-y.t. fuqaro M.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda xonadon ayvonida turgan muzlatgichning ichida vazni 451,1 g «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Olmaliq shahar IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 1966-y.t. X.O.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, hovlida joylashgan tandirning yonida vazni 26,5 g «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ushlangan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan X.O. ga nisbatan Angren shahar IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring