Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunning o‘zida ikkinchi yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda bir kunning o‘zida ikkinchi yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 7-may kuni soat 20 dan 14 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmatiga jismoniy shaxsga tegishli «ZiL» rusumli avtotransportda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBBning axborot-multimedia markazi xabar berdi.  

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ushbu yong‘in Uchtepa tumanidagi Dadil ko‘chasida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar tez fursatda yong‘in sodir bo‘lgan hududga yetib borishgan va sanoqli daqiqalarda uni butunlay bartaraf etishgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun 7-iyun kuni taxminan soat 19:00 da Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida «TransSeulQurilish» unitar korxonasiga qarashli «Hyundai» rusumli mashina yonib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring