Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQSh bayrog‘ini noto‘g‘ri rangga bo‘yab qo‘ydi

Tramp AQSh bayrog‘ini noto‘g‘ri rangga bo‘yab qo‘ydi

Foto: «Aif.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi bilan Ogayo shtatidagi bolalar shifoxonasiga borib, bolalar bilan Amerika bayrog‘ini bo‘yash tadbirida qatnashib, bayroqni noto‘g‘ri rangga bo‘yab qo‘ydi. Bu haqda «Sabah.com» xabar bermoqda.

AQSh Sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar prezidentning shifoxonaga tashrifini tasvirga olib, «Tvitter»ga joylashtirdi. Tarmoq foydalanuvchilari AQSh bayrog‘ida qizil-oq chiziqlar o‘rniga moviy-oq ranglar paydo bo‘lganini darrov sezishdi.

Tramp bayroqni bo‘yashda qizil rang o‘rniga moviy rangni qo‘llagani foydalanuvchilarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

«Prezident o‘z vatani bayrog‘i rangining farqiga bormaydi», – degan sharhga o‘n minglab «layk» bosildi. Ko‘pchilik izohlarda Tramp bo‘yagan bayroq Rossiya bayrog‘iga qiyoslandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring