Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning virtual urushi davom etadi. Navbatdagi nishon Pokiston

Trampning virtual urushi davom etadi. Navbatdagi nishon Pokiston

Foto: «Reuters»

Vashington tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘maklarga javoban Pokiston faqat yolg‘on va qalloblik bilan javob qaytargan, deya AQSh prezidenti Donald Tramp so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Sputnik».

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Tvitter sahifasida yana bir bor Pokiston rasmiylari terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashini qattiq tanqid qildi va AQSh tomonidan mamlakatga ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘mak haqida esga oldi.

«AQSh hukumati so‘nggi 15 yil davomida telbalarcha Pokistonga 33 milliard dollar sarfladi, ammo bunga javoban Pokiston hukumati bizning rahbarlarni ahmoq hisoblab, faqatgina yolg‘on va aldov bilan javob qaytarib keldi. Ular biz Afg‘onistondan quvib chiqargan terrorchilarga boshpana berishmoqda, bizga esa deyarli madad ko‘rsatishmayapti. Boshqa bunday davom etmaydi!», deya bayonot berdi Tramp.

Mabodo Pokiston o‘z hududida in qurgan terrorchilar bilan kurashmasa, ko‘p narsa yo‘qotishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring