Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Vebster universiteti filialiga qabul masalalari muhokama qilindi

Toshkentda Vebster universiteti filialiga qabul masalalari muhokama qilindi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 18-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQShning Vebster universiteti vitse-prezidenti Dj.Shuster rahbarligida delegatsiya qabul qilindi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Muzokaralarda Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish va 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab mazkur ta’lim muassasasi abituriyentlarni qabul qilinishni yo‘lga qo‘yish masalalar muhokama qilingan.

2018 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi Toshkentda Vebster universitetining rahbariyati bilan oliy darajada olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim loyihasi yo‘lga qo‘yilgandi.

Bundan tashqari 2018-yil iyul oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vebster universiteti o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan joriy yildan Vebster universiteti O‘zbekistonda to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadi. 2019-yilning mart oyidan esa Toshkent davlat Iqtisodiyot va Toshkent axborot texnologiyalari universitetlarida Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha MBA ta’lim dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Vebster universiteti prorektori Dj.Shuster boshchiligidagi delegatsiya yana O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyuradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring