Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harri Keyn — goleador futbolchi

Harri Keyn — goleador futbolchi

Angliya futboli kelajagi Xarri Keynni to‘xtatishni iloji bo‘lmayapti

Sportbox

Angliyada bir yil ichida ellikdan ortiq gol urgan futbolchi so‘nggi marotaba 60-yillarda bo‘lgan ekan. Oradan shuncha yillar bo‘lsa-da, ammo biror futbolchi 50 ta gol muallifiga aylanmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Tottenxem» afsonasi Jimmi Grivz 1962 yilgi mavsumda 50 ta gol urgan. Oradan 55 yil o‘tib, Harri Keyn ham Grivzning natijasini takrorladi.

Harri Keyn 50-golini «Stok Siti» jamoasiga qarshi o‘yinda kiritdi. Futbolchi 48 ta golini klub safida, qolgan 2tasini esa terma jamoa tarkibida urishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘rtacha 81 daqiqada gol muallifiga aylangan. Keyn premer-ligada joriy mavsum 33 ta gol urib, 1995 yilda Alan Shirer o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, Angliya tarixida birinchi bombardir bundan 90 yil avval bo‘lgan. U «Everton» futbolchisi Diksi Din edi. Diksi 1927 va 1928 yillarda ketma-ket ikki yil 50 dan ortiq gol kiritgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Harri Keyn mukammal futbolchi. U boshqalardan ko‘ra ko‘proq mashq qiladi. Harri uchrashuvdan so‘ng har bir yutuq va kamchiliklarini muhokama qilib chiqar ekan. Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino esa uni «o‘ta kuchli va charqoq bilmas futbolchi» sifatida maqtab o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring