Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» barmoq izi skaneriga ega kompyuter sichqonchasini 30 dollardan sotadi

«Xiaomi» barmoq izi skaneriga ega kompyuter sichqonchasini 30 dollardan sotadi

«Xiaomi» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi kompyuter sichqonchasi.

Foto: «Layfxaker»

Kompyuterni blokdan chiqarish, saytga kirish hamda xaridlarni amalga oshirish — endilikda bularning barchasini barmoqning birgina harakati orqali amalga oshirish mumkin, deb xabar berdi «Layfxaker».

«Xiaomi» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi kompyuter sichqonchasi biometrik skaner bilan jihozlangan bo‘lib, bu barmoq izidan parol o‘rnida foydalanish imkoniyatini beradi.

Yangilik simli klassik sichqoncha ko‘rinishiga ega. Uning dizayni imkon qadar sodda ishlangan — ikkita tugma va «g‘ildirakcha» (Mouse 3) mavjud, uning yonida esa barmoq izi skanerining moduli joylashgan. «Jessis J1» sichqonchasiga o‘rnatilgan «1 600 dpi» optik kengaytmali skaneri har qanday yuzada yaxshi ishlaydi.

Sichqoncha «Microsoft» sertifikatiga ega bo‘lib, barmoq izi yordamida «Windows 10» hamda «Windows 8.1» operatsion tizimlari o‘rnatilgan kompyuterlarni blokdan chiqarish mumkin.

Manipulyator simmetrik ko‘rinishda ishlangani sabab undan chapaqaylar ham bemalol foydalana oladi. Hozirda sichqonchaning uchta rangilisi taqdim etilmoqda: qora, oq va kumushrang. Og‘irligi esa 80 grammga, kabelining uzunligi 1,8 metrga teng.

Ushbu sichqoncha aprel oyidan boshlab 30 dollardan sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring