Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi

Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi

Foto: «Facebook» / «Xalq bilan muloqot»

Fuqaro Komil Jalilov fojiaviy halok bo‘lgan kattaqo‘rg‘onlik 23 yashar o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilgani, mazkur murojaatiga Xalq ta’limi vazirligidan berilgan javobni «Facebook»dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida e’lon qildi.

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Qodirboy Bekturdiyev tomonidan imzolangan javob mazmunidan ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva bilan sodir bo‘lgan ayanchli holat yuzasidan vazirlikda yig‘ilish o‘tkazilgan. Yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mahalliy hokimlik bilan birgalikda olib boriladigan ishlar belgilab olingan.

Foto: «Facebook» / «Xalq bilan muloqot»

Javob xatiga ko‘ra, ro‘y bergan fojia yuzasidan hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

«Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi», — deyiladi fuqaroning murojaatiga javoban yuborilgan rasmiy xatda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring