Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelin-kuyov to‘ydan uch daqiqa o‘tgach ajrashishdi

Kelin-kuyov to‘ydan uch daqiqa o‘tgach ajrashishdi

Quvaytda er-xotin nikohlari qayd etilgach uch daqiqa o‘tib ajrashishdi. Bu haqda marosimga kelgan mehmonlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.

Gap shundaki kelin to‘yxonadan chiqib ketayotganda qoqilib ketadi va yiqilib tushishiga oz qoladi. Kuyov esa unga «axmoq», deb tanbeh beradi. Kelin haqoratga chiday olmaydi va nikohni qayd etish zaliga qaytib keladi, nikohni bekor qilishga erishadi, deb yozadi Al Mesryoon mahalliy nashriga tayanib MIR 24.

Bu xabar Daily Mail nashrida chop etilgach, o‘quvchilar quyidagi mazmundagi izohlarni qoldirishgan:

«Agar erkak halitdan ayolni shunday behurmat qilgan bo‘lsa, yaxshisi uni tinch qo‘ygani yaxshi», «er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lmagan nikoh boshidanoq buzilgani ma’qul»...

Xuddi shunday yana bir voqea yaqinda xorij nashrlarida tasvirlangandi. To‘y oldidan kelin kuyovdan internetda mashhur prankni takrorlamaslikni, ya’ni  unga tort otmaslikni so‘raydi. Kuyov kelinning istagini bee’tibor qoldiradi va tortni rafiqasiga otadi – yuzini, sochlarini, ko‘ylagini shirinlik bilan bejab qo‘yadi. Kelin to‘yxonani tark etib mehmonxonada tunaydi, ertasi kuni nikohni bekor qildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring