Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahrida uy yonib ketdi

Namangan shahrida uy yonib ketdi

Kecha, 30-dekabr kuni Namangan shahrida xonadon yonib ketdi. Bu haqda Namangan FVB Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kuni kecha soat 17:50da Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Namangan shahar, «Ziyokor» Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in qutqaruv ekipaji joyiga borib, sodir bo‘lgan yong‘inni soat 18-30da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yashash uyini 50 kv.m maydonda shift tom qismi hamda uy-jixozlari xonadon egalariga tegishli hujjatlari yonib zararlangan.

Yong‘inda kuyib tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring