Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya sudlangan migrantlarga fuqarolik bermaydi

Rossiya sudlangan migrantlarga fuqarolik bermaydi

Foto: RBK

Rossiya Davlat dumasi Rossiya hududida yoki boshqa davlatlarda sudlangan chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligini berishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Qonunga ko‘ra, jinoyatning og‘ir-yengilligidan qat’iy nazar, sudlanganlik vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasi (VNJ) berishni rad etish uchun ham asos bo‘ladi.

Shuningdek, 14 yoshga to‘lgan migrantlar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organlariga sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi shart. Ushbu hujjat ariza topshirilishidan ko‘pi bilan uch oy oldin fuqarosi bo‘lgan davlat tomonidan berilgan bo‘lishi kerak. Sudlangan shaxslar esa bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi.

Mazkur talablar quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:

  • 14 yoshga to‘lmaganlar;
  • qochqin maqomini olgan yoki siyosiy yoxud vaqtinchalik boshpana berilgan shaxslar;
  • Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoki uning tarkibida jangovar harakatlarda qatnashganlar;
  • sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani avvalroq taqdim etgan shaxslar.

Qonun talablari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Ukraina fuqarolari uchun esa o‘tish davri belgilangan bo‘lib, ular ikki yil davomida sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etmasligi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring