«Mahalla posboni» lavozimi tugatildi
Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq hokimlarga har kuni tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishish majburiyati yuklanib va bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi belgilandi.
«Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilib, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimi joriy etildi, ular huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatadi.
Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilari hamda «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter