Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asaka avtomobil zavodiga «BIQ-III» sertifikati berildi

Asaka avtomobil zavodiga «BIQ-III» sertifikati berildi

Foto: «GM Uzbekistan» axborot xizmati

«GM Uzbekistan» Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilinganligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda zavod axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, bu so‘nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi. O‘tgan vaqt mobaynida texnologik uskunalar to‘la modernizatsiya qilindi va ularning tarkibi yangilandi, GM kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan yangi tizim va instrumentlari joriy qilindi, korxona xodimlari GM kompaniyasining Janubiy Koreya, Xitoy, Tayland, Hindistonda joylashgan zavodlarida o‘qib qaytishdi.

Tekshiruv «General Motors» korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Hindistondagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan. Sertifikat «General Motors International» tashkilotining auditi natijasida topshirildi. Uni topshirish marosimiga «GM International» kompaniyasi vitse-prezidenti Fil Kinli tashrif buyurdi.

Sertifikatni qo‘lga kiritish uchun 44 ta ko‘rsatkich bo‘yicha talablarga to‘la javob berish lozim. Asaka avtomobil zavodi ushbu standartlarni 100 foiz bajargan minimal daraja – 95,5 foiz).

Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga sifat darajalarini belgilab beruvchi uchinchi darajaning berilishi korxonaga GM global platformasidagi deyarli barcha avtomobillarni o‘zlashtirish imkonini beradi.

Sifat darajalarini belgilab beruvchi daraja (BIQ) zavod ishlab chiqarish jarayoniga «GMS»ni joriy etish darajasiga ko‘ra aniqlanadi.

Ishlab chiqarishning global tizimi (GMS) zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash hamda nazorat qilish maqsadida joriy etilgan. U 5 asosiy omilga bo‘linadi: xodimlarning jalb qilinishi, standartlashtirish, sifatni integratsiya qilish, vazifalarni qisqa muddatlarda bajarish, doimiy takomillashtirish.

Shunday qilib, zavodga joriy etilgan «GMS» global ishlab chiqarish tizimi xavfsizlik va sifatning yuqori standartlari yagonaligini ta’minlaydi hamda ishlab chiqarishga eng yaxshi uslub, texnologiya va jarayonlar qo‘llash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring