Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillarni ta’mirlashga qaysi hudud qancha mablag‘ sarfladi?

Avtomobillarni ta’mirlashga qaysi hudud qancha mablag‘ sarfladi?

Illyustrativ foto

2025-yilning yanvar–avgust oylarida avto va mototransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari hajmi 10,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 10,1 foizga o‘sgan.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:

  1. Toshkent shahri — 2 trln so‘m;
  2. Samarqand viloyati — 1,2 trln so‘m;
  3. Farg‘ona viloyati — 1,1 trln so‘m;
  4. Namangan viloyati — 1 trln so‘m;
  5. Qoraqalpog‘iston Resp. — 886,9 mlrd so‘m;
  6. Qashqadaryo viloyati — 860,5 mlrd so‘m;
  7. Toshkent viloyati — 777,9 mlrd so‘m;
  8. Andijon viloyati — 717 mlrd so‘m;
  9. Buxoro viloyati — 582 mlrd so‘m;
  10. Xorazm viloyati — 594,9 mlrd so‘m;
  11. Sirdaryo viloyati — 438,2 mlrd so‘m;
  12. Jizzax viloyati — 409 mlrd so‘m;
  13. Navoiy viloyati — 240,6 mlrd so‘m;
  14. Surxondaryo viloyati — 102,1 mlrd so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring