Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi uchun 4 xonali maxsus avtoraqamlar joriy qilindi

Mudofaa vazirligi uchun 4 xonali maxsus avtoraqamlar joriy qilindi

Foto: «mudofaa.uz»

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy apparatiga qarashli xizmat mashinalariga yangi turdagi avtomobil raqamlarini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi avtoraqamlar oq fonda bo‘lib, ularda hudud kodi (masalan, 01 — Toshkent shahri), to‘rt sondan iborat tartib raqami va MV harflari (Mudofaa vazirligi yozuvidan abbreviatura) bo‘ladi.

2018—2019-yillar davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga qarashli barcha turdagi harbiy avtotransport vositalari ham yangi avtoraqamlar bilan ta’minlanadi. Ular ham to‘rtta son ketma-ketligidan iborat, faqat bitta farqi bor — ular qora fonda bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring