Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nima deysan?! Ol, chekkaga!», degan PPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

«Nima deysan?! Ol, chekkaga!», degan PPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Post patrul xizmati xodimi bilan bog‘liq lavha tarqaldi.

Davlat belgisi 01 475 VSF bo‘lgan «Neksiya-2» rusumli xizmat mashinasida harakatlanayotgan PPX inspektoriga haydovchi yaqinni yorituvchi chiroqni yoqvolishini eslatadi. Bunga javoban ispektor: «O‘zing yoqib yuraver!» ma’nosida gap aytadi. Haydovchining: «Nima, yangi qoidani sizga (YHX xodimlariga) taalluqli emasmi?» ma’nosidagi savoliga inspektor asabiy tarzda: «Ha, menga taalluqli emas, nima deysan?» mazmunida gapirib, darhol unga mashinasini chetga olib, to‘xtashni buyuradi...

Toshkent shahar IIBB voqeaga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, holat yuzasidan ushbu xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangani ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring