Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Damas o‘rnini Volkswagen Caddy egallaydi

Damas o‘rnini Volkswagen Caddy egallaydi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning 2021 yil 27 maydagi «Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy  investitsiyalar banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid topshirilgan edi.

Bugun, 24 sentyabr kunidan boshlab «Jizzax avtomobil zavodi» tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy rusumidagi tez yordam avtomobillarini yetkazib berish boshlandi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalarining A toifali tez tibbiy yordam mashinalari yetkazib berila boshlangan. Ushbu 1000ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari «Damas» rusumidagi amaldagi muddati tugagan avtomobillar o‘rnini egallamoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur tez tibbiy yordam avtomashinalari O‘zbekistonning barcha viloyatlariga yetkazib beriladi.

Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xalqaro talablarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay tarzda joylashtirish imkonini beradi.

Foto: «Xabar.uz»

Ushbu tez tibbiy yordam avtomobillari 12 yillik kuzov va 2 yil davomida cheklovsiz yo‘l bosish kafolatiga ega bo‘lib, respublika bo‘ylab rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari va dillerlarning mavjudligi, kafolat va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlarning doimiy mavjudligi, xavfsizlik tizimlarining bilan ta’minlanganligi, davlat xaridlari saytlarida ro‘yxatdan o‘tish va sertifikatlari mavjudligi kabi qulayliklarga ega hisoblanadi.

Foto: «Xabar.uz»

Volkswagen Caddy tez yordam avtomobillari shahar transportida yuqori sifat va yaxshi texnik ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Zarurat bo‘lganda, bemorga harakatni to‘xtatmasdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri mashinada tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin. Shu sababli aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish  samaradorligi va sifatini oshirish uchun Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari tanlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring