Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zanjir reaksiyasi». Jahon avtosanoati ulkan muammoga yo‘liqdi

«Zanjir reaksiyasi». Jahon avtosanoati ulkan muammoga yo‘liqdi

Foto: «DKNews»

Jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar magniy taqchilligi sabab to‘xtab qolishi mumkin.

Magniy — avtosanoatda qo‘llaniladigan qotishmalar uchun asosiy unsurlardan biri.

Sababi — Xitoy magniy ishlab chiqarishga joriy etayotgan cheklovlar, ushbu mamlakat jahondagi metalning 80 foizini yetkazib beradi. Elektr energiyasi taqchilligi ortidan Xitoy temir erituvchi 50 ta zavodidan 35 tasini yopishga majbur bo‘ldi.

Xitoy ichki energiya taqchilligi inqirozini «o‘chirish» bilan band bir paytda, dunyoning qolgan qismida yanada ulkan yong‘in paydo bo‘lishi ehtimoli katta va uning oqibatlari faqat avtosanoat bilan cheklanmaydi. Vaziyat o‘nglanmas ekan, global iqtisodiyot mashinasi xitoylik yo‘lovchining bir imosi bilan to‘xtashda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring