Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekoziqovqatxolding» piyozning kilosini 1200 so‘mdan sotib oladi

«O‘zbekoziqovqatxolding» piyozning kilosini 1200 so‘mdan sotib oladi

Foto: «Dreamstime.com»

Bir necha kun muqaddam «Xabar.uz»da «Dehqon yana kuyib qolmoqda» nomli maqola e’lon qilingan edi.

Maqolada dehqonlar qo‘ng‘iroq qilib piyozning ulgurji – dala boshidagi narxi 300 so‘m ekani, bu esa dehqon piyozni yetishtirishga sarflagan xarajatining yarmi tugul uchdan birini ham ololmasligi, oqibatda mahsulotni yerdan qazib olish xarajatini ko‘tarolmagan dehqon uni hatto yerda qoldirishga majbur bo‘layotgani bayon etilgan edi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, kompaniya tarkibiga kiruvchi «O‘zagroeksport» AJ tan narxi 590 so‘m (1 kilogramm uchun) bo‘lgan piyozni Surxondaryo viloyatidagi dexqon va fermer xo‘jaliklaridan 1 200 so‘mdan xarid qiladi.

Mavzuga doir: Mavzuga doir: «Surxondaryoda piyoz yetishtirganlarning uyi kuymoqda» (video)

Aytilishicha, tashqi bozorda ushbu mahsulotga bo‘lgan talab eksport uchun qulay sharaitlarni yaratmoqda. Asosiysi piyoz yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi dehqon va fermer xo‘jaliklari kelajakda ushbu yo‘nalishda investitsiya kiritishlari uchun katta sarmoyaga ega bo‘lishadi.

Buning uchun piyoz 40-60 mm o‘lchamli, 30 kilogramm sig‘imli qoplarda bo‘lishi lozim.

O‘zbek piyozi «Uzagro» brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring