Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng tez ishlovchi smartfonlar aniqlandi (TOP-10)

Eng tez ishlovchi smartfonlar aniqlandi (TOP-10)

«Antutu» benchmarki eng tez ishlovchi 10 ta android-smartfon nomini ma’lum qildi.

Birinchi o‘rinda yaqinda taqdim etilgan «Xiaomi Mi 9» smartfoni. «Snapdragon 855» protsessori o‘rnatilgan bu qurilma 371 849 ball to‘pladi.

Garchi «Lenovo Z5 Pro GT» smartfoni ham «Snapdragon 855» protsessorida ishlasada, unga ikkinchi o‘rin tegdi — 353 469 ball.

Uchinchi o‘rinda — «Nubia Red Magic Mars» («Snapdragon 845», 320 763 ball).

Keyingi o‘rinlarni «Huawei Mate 20 Pro», «Honor V20», «Huawei Mate 20 X», «Honor Magic 2», «ASUS ROG Phone», «Xiaomi Black Shark Helo» hamda «Xiaomi Mi 8 Pro» band etdi.

«Xiaomi Mi 9» Barselonadagi ko‘rgazmada («MWC 2019») Yevropa bozori uchun taqdim etilgandi. Uning ikki to‘plami bor: 6+64 Gbayt — 449 yevrodan, 6+128 Gbayt — 499 yevrodan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring