Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xodimi mijozning 45 million so‘mdan ziyod pulini o‘mardi

Bank xodimi mijozning 45 million so‘mdan ziyod pulini o‘mardi

Foto: «Xabar.uz»

Bank xodimi mijozning 45 million so‘mdan ziyod pulini o‘margani haqida Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2021-yilning 28-dekabr kuni Chust tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Aytilishicha, uning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan 45.600.000 so‘m pulni noma’lum shaxs yechib olgan.

Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan bank xodimi sodir etgani aniqlangan.

Holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘ndan ziyod mijozlarning pullarini xuddi shu tariqa o‘marib kelgan bank xodimi yaqinda Jizzaxda ham qo‘lga tushgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring