Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Chinozda yangi «Ahmadboy»ni qo‘lga oldi

DXX Chinozda yangi «Ahmadboy»ni qo‘lga oldi

Chinoz tumanidan «A.N.» 2016 yilda «moliyaviy piramida» tashkil qilib, fuqarolardan pul, avtomashina va boshqa qimmatliklarni qabul qilish bilan shug‘ullangani uchun 2017 yilda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

Unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilib, 2021 yilning dekabr oyida ozodlikka chiqarilgan bo‘lsada, xatolaridan to‘g‘ri xulosa qilmasdan, aksincha «eski hunarini» davom ettirgan.

Xususan, «A.N.» o‘zganing ishonchiga kirib, uning boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinani 6.500 AQSh dollariga baholab hamda qo‘shimcha 2.000 AQSh dollari berishini talab qilib, umumiy miqdorda 8.500 AQSh dollarini 10 oy davomida har oyda 1.700 AQSh dollaridan, jami 17.000 AQSh dollari miqdorida qaytarib berishini aytadi.

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u fuqaroning «Spark» avtomashinasini hamda 2.000 AQSh dollarini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv natijasida «A.N.» o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olgan 2 ming AQSh dollari hamda «Spark» avtomashinasi bilan qo‘shib hisoblaganda, ma’lum muddatdan so‘ng ko‘paytirib, qaytarib berish sharti bilan jami 12 nafar fuqarodan 94 ming AQSh dollari hamda 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva hayvonlarini (avtomobillar va chorva hayvonlarining umumiy bahosi 394 mln. so‘mni tashkil qiladi) olganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «A.N.»ga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring