Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV aholini ogohlantirmoqda

FVV aholini ogohlantirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

FVV qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurishni tavsiya qildi:

— qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang;

— quloqchin (naushnik) taqqan holda ko‘chada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin;

— piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqinni eshitsangiz, to‘xtamasligingiz kerak, boshingizni ko‘taring va u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi;

— avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymang.

Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol «tez yordam» chaqirish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring