Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston shahridagi xonadonlardan biriga qasddan o‘t qo‘yilgani taxmin qilinmoqda

Guliston shahridagi xonadonlardan biriga qasddan o‘t qo‘yilgani taxmin qilinmoqda

2019-yil 22-mart kuni soat 06:02da Sirdaryo viloyati Guliston shahar Bog‘ishamol mahallasi Guliston ko‘chasida joylashgan ikki qavatli oilaviy yotoqxonaning 12-xonadonida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan, oilali, 2 nafar farzandi bor, GulDUda kutubxonachi bo‘lib ishlovchi fuqaro O.Ibragimovaning yashash uy ichidagi taxminan 7-8 ta ko‘rpa-to‘shak, 1 ta divan, 1 ta gilam va 6 m/kv pol qismi yongan.

Yong‘inga, soat 06:04 da yetib borib, 06:06 da qurshab olindi va soat 06:15 da batamom o‘chirildi. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in zarari aniqlanmoqda. Yong‘indan 25 m.kv. maydoni saqlab qolindi.

Voqea joyiga, Guliston shahar YoXB 1-XYoXQning 2 ta YoO‘E jalb etilib, 1 ta QD-50 dastagi uzatilgan. Guliston shahar YoXB 1-XYoXQdan yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa 500 metrni tashkil etadi.

Joriy yilning shu kuniga qadar viloyat hududida 77 ta ( 2018-yil shu kuniga qadar 91ta) yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur uyda doimiy ravishda hech kim yashamasligi va oxirigi marotaba yashash uyi egasining qizi taxminan 10 kun oldin kelib xabar olib ketganligi aniqlangan. Yong‘inning sababi qasddan o‘t qo‘yish oqibatida sodir qilingan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Behzod Hamrayev

Sirdaryo viloyati IIB YoXB YoN va PB katta muhandisi leytenant

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring