Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda uch yashar qizaloqni xolasi urib o‘ldirib qo‘ydi

Jizzaxda uch yashar qizaloqni xolasi urib o‘ldirib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda uch yoshli qizchani xolasi kaltaklab, umriga zomin bo‘lganiga oid xabarlar tarqaldi. Qizaloqning onasi Turkiyaga ishlagani ketishi oldidan uni o‘z opasiga tashlab ketgani aytilmoqda.

Xabar.uz so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati ayni voqelikni tasdiqladi.

Unga ko‘ra, fojia Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanning «Toshkent» MFYda yashovchi fuqaro D. Y. tegishli hujjatlarsiz qaramog‘iga topshirilgan qarindoshi A.Q. ning uch yashar farzandiga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazganligi oqibatida qizcha joriy yil 13-avgust kuni shifoxonada vafot etgan.

Ayni paytda D. Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud ajrimiga ko‘ra unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring