Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metro qurilishidagi o‘pirilish oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, bir kishi stress holatida

Metro qurilishidagi o‘pirilish oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, bir kishi stress holatida

Foto: Daryo — Live

Xabar qilinganidek, Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yer o‘pirilishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida, «Megaplanet» oldida tunnel qazilayotgan bo‘lgan. Xabarlarda aytilishicha, suv tunnelga tushmasligi uchun beton lotok qilingan. Ana shu lotokning qaysidir qismidan suv ketgan va suv to‘plangan. Yog‘ingarchilik kuchaygan vaqtda yer bo‘shab tunnelni bosib qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan. Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Voqea guvohi bo‘lgan 1975 yil tug‘ilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgan. Ayni paytda unga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring