Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda qotillikni yashirish uchun aka-ukalar uyga o‘t qo‘ydi

Namanganda qotillikni yashirish uchun aka-ukalar uyga o‘t qo‘ydi

Foto: «Antikor»

Namangan shahrida 3-mart kuni soat 14:04 larda I.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in oqibatida uyning 20 kv.m. maydonida shift qismi, uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi I.E. o‘g‘lining boshi va tanasi turli joylariga to‘mtoq jism bilan urib, jarohat yetkazilgan hamda kuygan holdagi jasadi topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.R. va uning birga yashovchi ukasi M.R. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindilar.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring