Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda o‘quvchilarning yoppasiga kaltaklanishi sababi ma’lum bo‘ldi (video)

Navoiyda o‘quvchilarning yoppasiga kaltaklanishi sababi ma’lum bo‘ldi (video)

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, maktab yotoqxonasida qator turg‘izib qo‘yilib, kaltaklangan o‘quvchilar  videosiga aniqlik kiritildi.

«Zamon» ko‘rsatuvida aytilishicha, mazkur voqea 2018-yil 14-oktyabr kuni Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida sodir bo‘lgan. Shu maktabning 3-bosqichida tahsil oluvchi, yotoqxona sardori A.Suvonov eshikni kim sindirgani borasidagi savolga o‘quvchilardan qoniqarli javob ololmagach, sherigi H.Xoliqov bilan ularni kaltaklagan. Voqea guvohi Sh.Abduvohidov uni qo‘l telefoniga tasvirga tushirib olgan.

Navoiy shahar IIB tergovchisi A’zam Ismatovning ma’lum qilishicha, hozir bu ish yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari ketmoqda, tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring