Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda soxta hujjatlar bilan yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Navoiyda soxta hujjatlar bilan yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Navoiy viloyatida soxta hujjatlar asosida yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.E. va I.K. “Navro‘z” MFY hududida joylashgan yer maydoni sotilishi haqida internet tarmoqlarida e’lonlar berib, yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligi haqida soxta hujjatlarni tayyorlab, fuqaro O‘.R.ning ishonchiga kirib, uning nomiga 6,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, evaziga fuqaro I.K. 325 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring