Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

19 yashar qiz «Ona va bola» monumentida nojo‘ya harakat sodir etdi

19 yashar qiz «Ona va bola» monumentida nojo‘ya harakat sodir etdi

Skrinshot

2-iyun kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro E.Sakiyeva shahar xiyobonda joylashgan «Ona va bola» monumentida noo‘rin xatti-harakat sodir qilgan va jarayon aks etgan video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Mazkur holatda, fuqaro E.Sakiyevaning xatti-harakatlarida MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik mavjud bo‘lgan. Natijada Olmaliq shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar hududiy sud organiga yuborilmoqda, deya xabar qildi Toshkent viloyati IIBB.

Eslatib o‘tamiz, MJtKning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring