Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamashilik erkak homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va ikki nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirdi

Qamashilik erkak homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va ikki nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi Yakkabog‘da sodir bo‘lgan mudhish qotillikka oid xabarlar tasdig‘ini topdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz» so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, fojia shu yilning 9-noyabr kuni kechasi sodir bo‘lgan.

Shu kuni qamashilik 30 yoshli A.X. oilaviy kelishmovchilik natijasida mart oyida ota uyiga — Yakkabog‘ tumaniga ketib qolgan xotini M.M.dan (25 yosh) qasd olish uchun keladi. Yarim kechasi  devordan oshib tushib, uyda uxlab yotgan xomilador xotini, qaynonasidan tashqari  sakkiz va olti yashar ikki bolani ham o‘zi bilan olib kelgan ikkita oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldiradi.

Bolalar marhuma M.M.ning birinchi turmushidan ko‘rgan farzandlari ekani aytilmoqda.

Voqelikning ertasi kuniyoq A.X. qo‘lga olingan. Ayni paytda unga nisbatan ojizligi avvaldan ayon bo‘lgan bir necha shaxsni qasddan o‘ldirish alomatlari (Jinoyat kodesining 97-moddasi 2-qismi «a, b, v, j» bandlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura rahbariyatining shaxsiy nazoratiga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring