Qarshidagi yashirin sex siri: departament tezkor tadbir o‘tkazdi

Qarshi shahrida qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Qarshi shahri “Bunyodkor” MFYda yashovchi fuqaro Sh.X. o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 140 litr etil spirti, 1 500 dona aksiz marka, 20 500 dona yorliq, bo‘sh shisha idishlar, 2 500 dona yelim qopqoqlar, sana qo‘yish muhri hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter