Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 5 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 5 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvirlarda guvohlar YTH qurbonlari soni 5 nafardan ortiq ekanini, ular avtomobillar ichida qolib yonib ketganini aytishmoqda.

Ayrim manbalarga ko‘ra, A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tgan qismida katta tezlikda harakatlanayotgan mashinalardan biri ikkinchisining yo‘liga chiqib ketib o‘zaro to‘qnashgan. Shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda har ikkala mashina va ularda bo‘lgan odamlar yonib ketgan.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur  holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB, shuningdek, holat yuzasidan o‘rganish yakunilari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilgan.

Biroq boshqarma o‘z munosabatida YTH qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot bermagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring