Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 22 yoshli kurer vafot etdi

Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 22 yoshli kurer vafot etdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 15 fevral kuni soat 18:00 larda Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, TXAY–Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada 1969 yilda tug‘ilgan Yu.A. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosipedni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring