Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston qishloqlarini suv bosishda davom etyapti

Qozog‘iston qishloqlarini suv bosishda davom etyapti

Foto: «Kazinform»

Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida qo‘shni Qozog‘istonning aholi punktlarini suv bosishda davom etyapti. «Kazinform» xabar berishicha, bugun, 3-may kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 8:00 da Maqtaaral tumanidagi O‘rgebas aholi punktini suv bosgan.

Xabarda aytilishicha, 250 ta uy suv ostida qolgan Firdavsiy aholi punkti tomonidan 3 may kuni soat beshdan boshlab O‘rgebasga suv oqib kelishni boshlagan. Qishloqlar o‘rtasidagi masofa 3 kilometr.

Soat 08:00 ga kelib O‘rgebasni to‘liq suv bosgan — 194 ta uy.

Qishloqning 1451 kishidan iborat jami aholisi ko‘chirilgan. Evakuatsiya payti jabr ko‘rganlar va qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring