Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Qozog‘istondagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Illyustrativ surat

Qozog‘iston Respublikasining Aktobe viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 dekabr kuni soat 08:57 da Qozog‘iston Respublikasi, Aktobe viloyati, Aytekebi tumanidan o‘tgan Respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 1028 km.da «Perm-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «Yutong» rusumli  yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ariqqa ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida avtobusda bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda,  ushbu baxtsiz hodisa oqibatida  vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda Favqudodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda», —deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring