Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi korxonada yuz bergan portlashda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi korxonada yuz bergan portlashda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

2025-yil 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyati Ili tumani Bayserke qishlog‘ida joylashgan «LGN Metal» korxonasida yuz bergan portlash oqibatida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘ldi.

Hodisa yuzasidan Ili tumani politsiyasi tomonidan inson o‘limiga olib kelgan mehnat muhofazasi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi. Marhumlarning yaqinlariga kerakli amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hududiy Migratsiya agentliklari mas’ul xodimlari biriktirilgan.

Qozog‘iston tomoni bilan tergov jarayonida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring