Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda YTH: «Spark» ostida qolgan ayolni odamlar chiqarib oldi

Samarqandda YTH: «Spark» ostida qolgan ayolni odamlar chiqarib oldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tezlikda kelayotgan «Neksiya» burilayotgan «Spark»ni urib yubordi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 21-yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida Paxtachi tumani Ziyoviddin shaharchasi, Amir Temur ko‘chasida harakatlanib kelayotgan, Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan S.F. o‘zining «Spark» rusumli avtomashinasini yo‘lning o‘ng tomon qismiga olib, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Paxtachi tumani Toshko‘pir MFYda yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan X.O. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rususmli avtomashinani o‘tkazib yubormasdan chap tomonga keskin burilishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida yo‘l chetida turgan piyoda tan jarohati olib, Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring