Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 2026-yilga nom berildi

Rossiyada 2026-yilga nom berildi

Foto: Rossiya tarix jamiyati

Prezident Vladimir Putin 2026-yilni Rossiya xalqlari birdamligi yili, deb e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, 2026-yilni shunday nomlashni Putinga Butunrossiya kazaklar jamiyati atamani Vitaliy Kuznetsov taklif qilgan.

Rossiyada 190 dan ortiq millat, jumladan, tubjoy kichik va avtoxton xalqlari yashaydi. Putin so‘nggi yillarda mamlakatda millatlararo va dinlararo munosabatlarda barqaror va ijobiy tendensiyalar qayd etilayotganini ta’kidlagan.

Shuning barobarida, Putin 2027-yilni «Geografiya yili» deb e’lon qilish kerakligini, chunki bu davrda bir nechta muhim «geografik yubileylar» nishonlanishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring