Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda YTHga haydovchining uxlab qolgani sabab bo‘lgan

Samarqandda YTHga haydovchining uxlab qolgani sabab bo‘lgan

16-may, shanba kuni soat 04:30 larda Paxtachi tumani hududidan o‘tuvchi M-37 «Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi» avtomobil yo‘lining 118-kilometrida haydovchi «FAV»rusumli avtomobilni Samarqand–Navoiy yo‘nalishida boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan «Sinotruk Howo» rusumli yuk avtomobilining chap yon qismiga urilgan.

Shundan so‘ng harakatni to‘xtata olmasdan, shu yo‘nalishda oldinda to‘xtab turgan boshqa bir yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida har ikki yuk transport vositalarida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Holat sababli tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring