Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sovuq qotishdan vafot etdi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sovuq qotishdan vafot etdi

Foto: «Piter.TV»

Zelenogorsk (Sankt-Peterburg)da o‘zbekistonlik 39 yoshli ayol sovuq qotib vafot etdi. Bu haqda «Piter.TV» xabar bermoqda.

Xabarda sovuq qotgan o‘zbekistonlik ayolni shahar ko‘chalarining birida uchratishgani aytilgan. Shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatganiga qaramay, ayol voqea joyida vafot etgan.

Uning o‘limi bilan bog‘liq holat bo‘yicha shahar politsiyasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring