Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda davlat matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Pokiston va Hindistonning Himolay tog‘lari hududida kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqinlari va ko‘chkilar so‘nggi 48 soatda kamida 321 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter