Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi dahshatli YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Sirdaryodagi dahshatli YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB.

23-may kuni Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o‘tgan A-376 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH natijasida, «Lacetti»  rusumli avtomobil haydovchisi Sh.A. va ushbu avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.A.lar og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, shuningdek, mazkur avtomobil salonida bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchilar: 2016 yilda tug‘ilgan N.A. va 2019 yilda tug‘ilgan T.A.lar hamda «Nexia» avtomobili haydovchisi N.U. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

«Nexia» avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring