Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryodagi dalalardan birida 100 foiz kuyib ketgan jasad topildi, yonidagi «Cobalt»ga hech nima qilmagan

Sirdaryodagi dalalardan birida 100 foiz kuyib ketgan jasad topildi, yonidagi «Cobalt»ga hech nima qilmagan

Foto: «Zen.yandex.ru»

Ushbu dahshatli qotillik Mirzaobod tumani hududida sodir bo‘lgan, deb yozadi «Sirdaryo Xabarlari» o‘z manbalariga tayanib.

Unga ko‘ra, katta ehtimol bilan o‘rta yoshlardagi erkak kishining 100 foiz kuygan — yoqib yuborilgan jasadi kuni kecha 28-may kuni kunduzi (tushdan keyin) Mirzaobod tumani hududidagi dalalardan birida topilgan.

Yana bir manbaning ta’kidlashicha, jasad yonida oq rangli «Cobalt» avtomobili ham topilgan bo‘lib, avtomobilga shikast yetkazilmagan («Sirdaryo Xabarlari»ga avtomobilning davlat raqami ma’lum emas, taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra avtomobil davlat raqami Toshkent viloyati hududiga tegishli bo‘lgan).

Ma’lumot o‘rnida, mazkur qotillik bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan shu vaqtga qadar hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring