Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ninchi qurbonning shaxsiga aniqlik kiritildi. U ham qiziltepalik

O‘ninchi qurbonning shaxsiga aniqlik kiritildi. U ham qiziltepalik

Foto: «aif.ru»

Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninichi hamyurtimizning shaxsiga aniqlik kiritildi:

  • Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li, 1998-y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Kecha to‘qqiz nafar qurbonning shaxsiga aniqlik kiritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring