Toshkent viloyatida poyezd relsdan chiqib ketdi: tafsilotlar

Chinozda sut yog‘i ortilgan poyezd resldan chiqib ketdi.
2025-yil 27-sentyabr soat 21:30 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Rasulobod” MFY Olmazor stansiyasi hududida “Jizzax–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan tovar poyezdining sut yog‘lari ortilgan 2 ta vagoni relsdan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘q.
Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabarida.
Poyezd harakati to‘liq tiklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter