Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatidagi ko‘priklarga katta zarar yetdi (foto)

Toshkent viloyatidagi ko‘priklarga katta zarar yetdi (foto)

Foto: FVV

Shu kunlarda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Buning oqibatida  ayrim bino-inshootlar, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarga zarar yetmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Foto: FVV

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidagi «Qizilsoy» mahalla fuqarolari yig‘ini hududi hamda  Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 «O‘sh - Guliston» avtomobil yo‘lining 107-kilometridagi ko‘priklar o‘z mustahkamligini yo‘qotgan.

Foto: FVV

Hozirda avtomobil harakatlari to‘xtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, «Yo‘llardan foydalanish» UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring