Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotinining burnini tishlab olgan erkakka sud hukmi o‘qildi (video)

Xotinining burnini tishlab olgan erkakka sud hukmi o‘qildi (video)

Andijon viloyati Buloqboshi tuman sudida o‘z xotinining burnini tishlab, uzib olgan erga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 29 iyun kuni erkak qaynotasining uyiga arazlab ketib qolgan turmush o‘rtog‘i va farzandlarini olib ketish uchun boradi. Ammo ayolning ota-onasi qizi ketmasligini aytgan. Shu payt erkak xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, uning burnini tishlab, qochib ketgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 28 iyuldagi xulosasiga ko‘ra, burun uchi va o‘ng tomon qansharida tishlangan, yirtilgan va uzib olingan jarohatlar mavjudligi qayd etilgan.

Shuningdek, bir necha bosqichli operatsiya o‘tkazish kerakligi, biroq qayta tiklangan burun uchi va qanotlari sohalarida chandiqlar qolib ketishi xulosa qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring