Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev Chirchiqdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi

Zoyir Mirzayev Chirchiqdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi

Bugun ertalab taxminan 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi «Maksam Chirchiq» AJ qarashli 5-zavodda yong‘in sodir bo‘lgan, uning oqibatida ishlab chiqarish ob’yektida portlash vujudga kelgani xabar qilingandi.

Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshlig‘i – viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergan.

«Holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan darhol nazoratga olingan. Hozirgi paytda zavodda yong‘inni qurshab olish va o‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

Mazkur vaziyatni keltirib chiqargan sabablar va oqibatlari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi viloyat axborot xizmati xabarida.

Hodisadan jabrlanganlar haqida ma’lumotlar mavjud emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring